Azizjon G'aniev mashg'ulotlarga qaytdi

Narzulla Saydullayev
3 may 2021
O'zbekiston terma jamoasi va "Shabab Al Ahli" klubi yarim himoyachisi Azizjon G'aniev individual mashg'ulotlarni boshladi.

Hamyurtimiz o'ng oyoq tizza bo'g'ini old xochsimon boylamining uzilishi (ilgari jarohat olib “operaciya” qilingan oyog'i chap oyog'i edi) oqibatida jarrohlik operaciyasini boshdan kechirdi.

Eslatib o'tamiz, G'aniev 13 fevral kuni "Shabab Al Ahli" safida "Al Vahda"ga qarshi bahsning 57-daqiqasida o'ng oyog'i bilan erga noqulay tushgan va jarohat olgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia