Azizbek Turg'unboev jarohatidan qutuldi

Narzulla Saydullayev
8 avg 2018, 10:15
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev jarohat olgan edi.

Yarim himoyachi bir nechta turni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Ko'pchilik uning xatto Osiyo o'yinlariga bora olmasligi mumkin deb taxmin qilgandi. Biroq Turg'unboev jarohatidan qutuldi. Kecha u Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida umumiy guruhda mashg'ulotlarda ishtirok etdi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia