Aziz Haydarovdan gol, "Al Shabab"da g'alaba

Narzulla Saydullayev
23 okt 2014, 11:46
BAA pro-ligasida 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al Shabab" klubi o'z uyida "Sharja" klubini qabul qilib 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Aziz ushbu bahsda to'liq o'ynadi va 90+2-daqiqada gol urdi. "Shabab" ayni paytda 12 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. Klub navbatdagi o'yinni 27 oktyabr kuni safarda "Emireyts"ga qarshi o'tkazadi.

"Al Shabab" - "Sharja" 4:2
Gollar:
Issa Obayd 15, Karlos Villanueva 50, Enrike Luvannor 76, AZIZ HAYDAROV 90+2 - Vanderley 57, 90+8.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia