Aziz Haydarov gol urib "Al Shabab"ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2014, 11:14
BAA pro-ligasida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al Shabab" klubi safarda "Emireyts" klubiga qarshi maydonga tushib 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Aziz ushbu bahsda to'liq o'ynadi va 80-daqiqada gol urib jamoasiga g'alaba keltirdi. "Shabab" ayni paytda 15 ochko bilan musobaqa jadvalining 2-pog'onasida bormoqda. Klub navbatdagi o'yinni 5 noyabr kuni Amirliklar kubogi doirasida safarda "Al-Ittihod Kalba"ga qarshi o'tkazadi.

"Emireyts" - "Al Shabab" 2:3
Gollar:
Alhasan Solih 39, Luiz Enrike 54 - Enrike Luvannor 18, Karlos Villanueva 78, AZIZBEK HAYDAROV 80.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia