Aziz G'ulomxo'jaev “Sho'rtan”da ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2013, 16:00
Birinchi davradan so'ng sezilarli yotishlarga duch kelayot G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi ayni paytda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.
Bosh murabbiy Zoir To'raqulov mazkur poytaxt yig'ini mobaynida asosiy tarkibning negizini aniqlab olishga katta e'tibor qaratmoqda. Shu bois ayni paytda jamoa safida bir qator yangi futbolchilar ko'rikda bo'lib turubdi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, “Sho'rtan”ga kuni-kecha “Qizilqum”dan himoyachi Aziz G'ulomxo'jaev kelib qo'shilgan.

Shuningdek “Paxtakor”dagi darvozabon Temur Jo'raevning ham ikkinchi davrada “Sho'rtan”da o'ynashi extimoli bor. 29 yoshli posbon kecha “So'g'diyona” bilan kechgan o'rtoqlik o'yinida bir bo'lim darvozani qo'riqlagan.
 
Shuningdek jamoa yig'inida ko'rinish bermay kelayotgan hujumchi Pavel Solomin ham yaqinda jamoa ixtiyoriga yetib kelgan. Jamoaning asosiy himoyachilaridan biri Jamol Otaqulov esa ayni damda uyida jarohatini davolash bilan mashg'ul.
 
Jamoa yig'iniga yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilardan tashqari, yana bir qator yoshlar ham jalb etilganligini ham aytib o'tish kerak.

Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia