Aziz G'ulomxo'jaev "Obod"da

Narzulla Saydullayev
18 avg 2014, 16:52
Iqtidorli himoyachi G'ulomxo'jaev oxirgi yillarda faoliyatini oliy ligada o'tkazayotgandi.
Mavsumning birinchi qismini "Buxoro"da o'tkazgan futbolchi keyinchalik Edgar Gess jamoasini tark etdi.

Keyinchalik Aziz davralar oralig'ida sobiq klubi "Andijon"ga qaytib, Sergey Shevchenko boshchiligidagi jamoada shug'ullandi. Biroq G'ulomxo'jaev keyinchalik ayrim sabablarga ko'ra, "burgutlar" bilan ham xayrlashgandi. Oliy liga klublariga o'ta olmagan futbolchi, keyinchalik birinchi liga vakili "Obod"da ko'nim topdi. Katta ehtimol bilan Aziz G'ulomxo'jaev endi mavsum so'nggiga qadar Toshkent jamoasida o'ynaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia