Aziz G'ulomxo'jaev "Navbahor" ko'rigida

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2014, 19:00
O'tgan mavsumni "Sho'rtan" safida tugatgan himoyachi ayni paytda Namangan klubi tarkibida mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
Aziz G'ulomxo'jaev ma'lum muddat Qarshining "Nasaf" klubida mashg'ulot o'tkazdi. Hozir esa Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "lochinlar" bilan mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.

G'ulomxo'jaev o'tgan yil oliy ligada jami 21ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia