Aziz G'ulomxo'jaev: "Yana 10 daqiqa bo'lganida hisobni tenglashtirardik"

Narzulla Saydullayev
25 apr 2016, 12:48
"Olmaliq" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar vakili Aziz G'ulomxo'jaev o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi o'yinda omad yetishmadi. Yana 10 daqiqa bo'lganida hisobni tenglashtira olardik. O'yin teng bo'ldi menimcha. Birinchi bo'limda yigitlar bir birini tushunmay o'ynadi, shu bois o'yin qovushmadi. Tanaffusda murabbiylar ko'rsatmasi va o'zgarishlardan so'ng o'yinimiz yaxshilandi", - deydi Aziz G'ulomxo'jaev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia