Aziz Asimov "So'g'diyona" - "Navbahor" o'yinida ishlamaslikka qaror qildi, sababi...

Narzulla Saydullayev
9 sen 2022, 15:41
Ertaga, 10 sentyabr kuni "So'g'diyona" va "Navbahor" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

"O'zbekiston Coca Cola Superligasining 18-turi doirasidagi "So'g'diyona" - "Navbahor" o'yinida VAR hakami sifatida Aziz Asimov o'rnida Firdavs Norsafarov ishlaydi.

Bunga sabab esa shu tur doirasida 8 sentyabr kuni "Bunyodkor" - "Neftchi" o'yinidagi vaziyatlarni tahlil qilish hamda ushbu og'ir o'tgan o'yindagi ruhiy zo'riqish Jizzaxda o'tadigan markaziy o'yinga ta’sir o'tkazmasligini taminlash maqsadida Aziz Asimovning tashabbusi qo'llab-quvvatlandi", - deb yozadi O'zbekiston hakamlar markazi matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia