Aziz Amonov - "Dinamo" futbolchisi

Alisher Ostonov
19 dek 2025
O'tgan mavsumni "Buxoro" safida o'tkazgan Aziz Amonov "Dinamo"ga o'tdi.

"Azizbek Amonov – "Dinamo" futbolchisi

Yangi yilda yangi maqsadlarni ko'zlayotgan "Dinamo" jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

"Dinamo" PFK 2026 yilgi mavsum oldidan Azizbek Amonov bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qiladi. O'zbekiston milliy jamoasi safidagi o'yinlari va Superliga klublaridagi ishtiroki bilan tanilgan 28 yoshli hujumkor yarim himoyachi yakunlangan mavsumni "Buxoro" safida o'tkazdi. 2026 yildan esa u "Dinamo" jamoasi sharafini himoya qiladi. 

Azizbek Amonov o'tgan yillar davomida "Lokomotiv", "Nasaf", "Neftchi", "Bunyodkor" klublari, shuningdek Eronning "Istiqlol", BAAning "Xorfakkan" jamoasi sharafini himoya qilgan.

Ishonamizki, Azizbek Amonov Vadim Abramov boshqaruvidagi "Dinamo" jamoasida o'zining yorqin o'yinlari bilan barchaning ishonchini oqlaydi.

"Dinamo" PFK oilasiga xush kelibsiz, Azizbek!", - deyiladi klub xabarida.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати