

"Bugungi g'alaba biz uchun juda muhim edi. Qolaversa, muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun ham harakat qildik. Keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishda davom etmoqchimiz. Chempionlik uchun oxirigacha kurashamiz", - dedi yarim himoyachi.
Eslatib o'tamiz, Namanganda kechgan bahsda "Navbahor" 2:0 hisobida zafar quchdi.



