Azarning ukasi uchun da'vogar jamoalar nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
7 apr 2019, 14:57
Menxengladbaxning "Borussiya"si futbolchisi Torgan Azar jamoadan ketishga yaqin.

"Goal" xabariga ko'ra, 26 yoshli belgiyalikning xizmatlariga "Atletiko" va Dortmundning "Borussiya"si da'vogarlik qilmoqda. Uning jamoa bilan kelishuvi 2020 yilga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 45 million evroga baholanmoqda.

Azar bu mavsumda jamoasi tarkibida 28 o'yinda qatnashib, 12 gol urdi va 11 bora assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal