Azar: "Ronaldu va Messi darajasiga yetish ustida ishlayapman"

Aslanov Jasurbek
25 apr 2017, 13:43
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar jamoadoshi Sesk Fabregasning hujum yakunlashda egoistroq bo'lish kerakligi haqida aytgan so'zlariga javob berdi.

"Fabregas maydonda egoistroq bo'lishimi kerakligini aytgan birinchi inson emas. Ko'pchilik bu haqida gapiradi, ammo maydonda ko'proq pas berishni xush ko'raman.

Ko'proq gol urish kerakligini bilaman va Messi va Ronaldu darajasiga yetish uchun ishlayapman" - deydi Azar.
Azar joriy masum APLning 30 ta uchrashuvida 14 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports