Azar: “Lukakuning gol urishi yaxshi belgi emas”

Belgiya terma jamoasi sardori Eden Azar termadagi jamoadoshi Romelu Lukakuning Shveytsariya darvozasiga 2 ta gol urganiga munosabat bildirdi.

“Romeluning bugun 2 ta gol urgani juda ham yaxshi belgi emas. Axir men tez orada Chelsi bilan unga qarshi to'p suraman. U Belgiya uchun gol ursa, hammasi joyida bo'ladi. Ammo bu ishni “Manchester Yunayted” bilan takrorlamasa, yanada yaxshi bo'lardi”,-deydi Azar.

Ma'lumot uchun, 20 oktyabr kuni APL 9-turi doirasida “Chelsi” o'z uyida MYUni qabul qiladi.


Manba: Championat.com