Azar faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishi mumkin

Alisher
2 noya 2021, 11:40
"Nyukasl" "Real" forvardi Eden Azarni qishda xarid qilishi mumkin.

Madrid klubi belgiyalik futbolchini transferga qo'ydi. O'yinchi ayni payt jamoada ikkinchi darajali futbolchi hisoblanadi.

"Real" futbolchi bo'yicha har bir taklifni o'rganmoqda. U "Chelsi"ga qaytishi mumkin. Azar "Real"da 2019 yildan beri o'ynaydi. U jamoa tarkibida jami 52ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

Forvard 2021/22 yilgi mavsum 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS