Azar faoliyatidagi yubiley golini urdi

Eldor Akmurzayev
7 sen 2022
Chempionlar Ligasi guruh bosqich ilk turida “Real” safarda “Seltik”ni 3:0 hisobida engdi.

Eden Azar uchrashuvning 30-daqiqasida Karim Benzemaning o'rniga zaxiradan o'yinga qo'shildi. 77-daqiqada esa u raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi. Belgiyalik 2020 yildan (“Inter” 2:0) beri ilk bor Chempionlar Ligasida gol urdi. Shuningdek, Azar faoliyatidagi yubiley 200-to'pini kiritishga ham erishdi.

Eslatib o'tamiz, u oldinroq “Lill” hamda “Chelsi” sharafini himoya qilgan va 2019 yildan beri “qaymoqranglilar” safida o'ynamoqda.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport