Azar APL klubidan taklif oldi

Mirjalol Normatov
25 avg 2023
"Real"ning sobiq futbolchisi Eden Azar APLga qaytishi mumkin.

32 yoshli futbolchiga "Kristal Pelas" taklif bilan chiqqan. Azarning jamoaga o'tishini London klubi bosh murabbiyi Roy Xojsonning o'zi istamoqda.

Eden Azar ayni damda erkin agent hisoblanadi. Futbolchi 4 mavsum davomida "Real" tarkibida harakat qildi va 76 o'yinda 7 gol va 12 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal

O'xshash yangiliklar