Azamat Allaniyozovning rekordi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2013, 10:59
Kecha "Guliston"-"Nasaf" uchrashuvida ham bu yilgi mavsum kashfiyoti bo'lmish to'purar hujumchi - Azamat Allaniyozov yana gol urishga muvaffaq bo'ldi.
U ketma-ket o'yinlarda to'rtinchi marta gol muallifiga aylandi va rekord sohibi bo'ldi!

Bu yil shu paytgacha bironta o'yinchi ketma-ket to'rt uchrashuvda gol urishga erishmagan ekan. Azamat ana shu rekord natijani qayd etdi, mana "Nasaf"ning so'nggi to'rt uchrashuvida maydonga tushib, uchrashuvlarni golsiz tark etmayapti. U kecha mavsumdagi beshinchi golini kiritdi. Ofarin!

Aslida mavsum boshida Azamat Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi vakiliga aylanib qolishi mumkin edi. Uni vaqtida "to'xtatib" qolgan klub rahbarlari adashmadilar. Allaniyozov "Nasaf"ning sermahsul hujumchisiga aylandi. Murabbiylar ko'rsatmalarini to'liq bajarib, o'z ustida tinmay ishlaydigan hujumchidan murabbiylarning ham muxlislarning ham umidi katta. Uning sevimli jamoamiz muvaffaqiyatlariga o'zining katta hissasini qo'shishiga hamma katta umid bog'layapti.

Biz yaqin kunlarda saytimiz orqali Azamat Allaniyozov bilan suhbat uyushtirishni mulajallab turibmiz. Ushbu suhbat orqali Siz u bilan yaqindan tanishib olasiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz