Ayyu Istambulda to'p tepadi

26 iyul 2018, 09:10
“Suonsi” yarim himoyachisi Andre Ayyu faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

29 yoshli ganalik futbolchini “Fenerbaxche” bir mavsumga ijaraga oldi. Kelishuvga ko'ra, turk klubi mavsum yakunida futbolchini sotib olishi ham mumkin.

Futbolchi o'tgan yili qishda “Vest Xem”dan “Suonsi”ga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Суонси" расмий сайти