Ayollar o'rtasidagi JCH-2019. Fil Nevill shogirdlari yarim finalga chiqdi, ularning raqibi bugungi Fransiya – AQSH bahsidan so'ng aniqlanadi
Eldor Akmurzayev
28 iyun 2019, 22:55
Fransiyada bo'lib o'tayotgan ayollar o'rtasidagi sakkizinchi jahon chempionatining chorak finalining ilk to'qnashuvi Fil Nevill boshqaruvidagi Angliya hamda Norvegiya o'rtasida bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Nevill shogirdlari ishonchli g'alabaga (3:0) erishib, yarim finalga yo'l olishdi. Ularning final ostonasidagi raqibi esa bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadigan Fransiya – AQSH bellashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi.