Ayollar OCHL saralash bosqichiga qur'a tashlandi. Bu bahslarda qaysi jamoamiz ishtirok etadi?

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2024, 13:08
Bugun ayollar o'rtasida o'tkaziladigan OFK Chempionlar ligasi saralash bosqichiga qur'a tashlandi.

Saralash bahslarida O'zbekiston sharafini "Nasaf" ayollar jamoasi himoya qiladi. "Ajdarlar" OCHL guruh bosqichida ishtirok etish uchun "C" guruhida Malayziyaning "Sabah" va Nepalning "APF" klubiga qarshi o'ynaydi. 

Saralash bosqichi o'yinlari 25dan 31 avgust oralig'ida bo'lib o'tadi.

Agar "Nasaf" bahslarni muvaffaqiyatli yakunlasa guruh bosqichida "Vuxan Jianda" (Xitoy), "Xyonde Stil Red Angels" va "A" saralash guruhi g'olibi bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia