Ayollar milliy terma jamoamiz Toshkentdagi yig'inni yakunlab, Belarusga yo'l oldi

Alisher
10 iyun 2021, 10:06
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkent va Minsk shaharlarida o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etilmoqda.

Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan mazkur terma jamoamiz Chig'atoy stadionida o'tgan mashg'ulotlarni tamomlab, Minsk shahriga yo'l oldi.

Belarus safari davomida Bahrom Norsafarov shogirdlari Eron va Belarus vakilalariga qarshi maydonga tushadi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari, Minsk

11 iyun | 20:00

O'zbekiston – Eron

14 iyun | 21:00

Belarus – O'zbekiston


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz