Ayollar futboli. Yaponiya - Osiyo chempioni!

Xayrulla Xoliqov
21 apr 2018, 08:30
Iordaniyada bo'lib o'tgan ayollar futboli bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

Hal qiluvchi final o'yinida Avstraliyani 1:0 hisobida mag'lub etgan Yaponiya ayollar terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Xitoy Tailanddan 3:1 hisobida ustun keldi.

Final bahsi yakuniga etgach, g'olib jamoani taqdirlash marosimi o'tkazildi va bunda OFK prezidenti Shayx Salmon bin Xalifa chempionlarga kubokni topshirdi. Shuni aytish lozim, ayollar futboli bo'yicha Osiyo chempionati tarixda ilk bor G'arbiy Osiyo mamlakatida tashkil etildi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com