Ayollar futboli. O'zbekiston U-19 bugun Tojikiston bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2016
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Tojikistonga uchib bordi.

Terma jamoamiz keyingi yil Xitoyda bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionatiga chiqish uchun saralash bahslarida qatnashadi. Vakillarimiz o'rin olgan guruhning saralash o'yinlari Dushanbe shahrida bo'lib o'tadi. O'zbekistoning guruhida Tojikiston, Xitoy Taypei va Gongkong jamoalari o'rin olgan.

Guruhda birinchi bo'lgan jamoa Osiyo chempionati final bosqichiga yo'l oladi. Ma'lumot uchun, aynan mana shu jamoa o'tgan hafta Toshkentda bo'lib o'tgan musobaqasida chempion bo'lgan edi.

Terma jamoamiz bugun saralashdagi ilk uchrashuvni mezbon Tojikistonga qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. 


Saralash bahslari taqvimi:

27 oktyabr

17:00 - O'zbekiston - Tojikiston
14:00 - Xitoy Taypei - Gongkong

29 oktyabr
17:00 - Tojikiston - Xitoy Taypei
14:00 - Gongkong - O'zbekiston

31 oktyabr

14:00 - O'zbekiston - Xitoy Taypei
17:00 - Gongkong - Tojikiston


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia