Ayollar futboli. O'zbekiston - Guam 8:0

Narzulla Saydullayev
22 okt 2018
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi ayni kunlarda Qirg'izistonda bo'lib turibdi.

Abdurahmon Yumangulov va Karima Yuldasheva boshchiligidagi terma jamoamiz keyingi yil Tailand mezbonlik qiluvchi U-19 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etmoqda.

Dastlabki turda dam olgan qizlarimiz 2-turni Guamga qarshi o'tkazishdi. Ilk turda 12:0 hisobida g'alaba qozongan Guam bugun 0:8 hisobida yutqazdi. Jamoamiz safida Shahnoza Qurbonova xet-trikka erishdi. So'g'diyona Allamurodova dublga erishdi.

Oltita saralash guruhida birinchi o'rinni olgan va eng yaxshi natijaga erishgan 3ta jamoa ikkinchi saralash bosqiichga yo'l oladi.


1-tur
20 oktyabr

Maldiv orollari - Guam 0:12
BAA - Qirg'iziston 1:2

2-tur
22 oktyabr
Guam - O'zbekiston 0:8
Gollar: 
Allamurodova (3, 23), Qurbonova (19, 45+2, 56), Rashidova (62), Zaynutdinova (90+1), Tosheva (90+3).
O'zbekiston: Zarina Saidova, Madina Hikmatova (Mahliyo Nazarkulova), Arina Smirnova (Dinora Xudoynazarova), Shahnoza Qurbonova, Laylo Shodieva, Tojinisoxon Rashidova, Munisa G'iyosova, Shahrizoda Zaynitdinova, Husniya Gancheva, Ozoda Xojieva (Laylo Tosheva), So'g'diyona Allamurodova

Maldiv orollari - BAA 0:19

3-tur
24 oktyabr

O'zbekiston - Maldiv orollari
Qirg'iziston - Guam

4-tur
26 oktyabr

BAA - O'zbekiston
Qirg'iziston - Maldiv orollari

5-tur
28 oktyabr

Guam - BAA
O'zbekiston - Qirg'iziston





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia