Ayollar futboli. Olimpiya terma jamoasiga nomzodlar saralab olinmoqda

Narzulla Saydullayev
11 dek 2017, 20:27
Avval xabar berilganidek, Olimpiya terma jamoasiga munosib futbolchi qizlarni saralab olish maqsadida, shu yilning 8 dekabridan boshlab poytaxtimizdagi “Chig'atoy” sport bazasida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazilmoqda.

Yig'in davomida futbolchi qizlar jismoniy tayorgalik bo'yicha sinovlar topshirishdi. Shuningdek, ularning texnik-taktik sifatlari, tezkorlik, chidamlilik bo'yicha ko'rsatkichlari mutaxassislar tomonidan innovacion texnologiyalar yordamida baholandi.

Dastlabki yig'inda 33 nafar nomzodlar ko'rikdan o'tkazildi. Olimpiya terma jamoasiga nomzodlar ishtirokidagi ikkinchi yig'in shu yilning 13-17 dekabr kunlari bo'lib o'tadi va unda 30 nafarga yaqin futbolchi qizlar qatnashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com