

Ushbu musobaqa nizomiga ko'ra, mazkur futbol musobaqasi ishtirokchilari bironta oliy liga yoki birinchi liga jamoalarida qayd etilmagan futbolchilar bo'lishi shart. Musobaqa ishtirokchilarining yoshi ham 17-30 qilib belgilangan.
Ko'rinib turibdiki, musobaqa o'tkazilishidan asosiy maqsad, xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish va ularni ommaviy sport turiga jalb etishdan iborat.
“Yashil maydon malikalari” futbol musobaqasi taqvimi quyidagicha.
2 avgust kuni musobaqa ishitrokchilarini ro'yxatga olish va qur'a o'tkaziladi.
1-mintaqa – Jizzax, Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari jamoalari o'rtasida
2 – 6 avgust kunlari Jizzax shahrida.
2-mintaqa – Namangan, Andijon, Farg'ona viloyatlari jamoalari o'rtasida
2 – 5 avgust kunlari Namangan shahrida.
3-mintaqa – Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari jamoalari o'rtasida
2 – 6 avgust kunlari Samarqand shahrida.
4-mintaqa – Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm viloyatlari jamoalari o'rtasida
2 – 5 avgust kunlari Nukus shahrida.
Qizlar o'rtasidagi futbol bo'yicha “Yashil maydon malikalari” futbol musobaqasi FINALi 17-19 avgust kunlari Navoiy shahrida bo'lib o'tadi.
17.08.2016 – Mintaqalar g'oliblari uchun vakolatli hayat yig'ilishi
18.08.2016 – Yarim final uchrashuvlari: 1-4, 2-3
19.08.2016 – 3-o'rin uchun, FINAL uchrashuvi va taqdirlash marosimi.



