"Ayntraxt"ning ikkinchi futbolchisida ham koronavirus aniqlandi

Mirjalol Normatov
22 mar 2020, 11:44
"Ayntraxt" matbuot xizmati o'z tvitterida ikkinchi futbolchining koronavirusga chalinganini ma'lum qildi.

Futbolchilar karantin holatiga olinganidan keyin bir futbolchida koronavirus aniqlangandi. Bugun nomi oshkor qilinmagan ikkinchi futbolchida ham virus belgilari ko'ringan.

Barcha futbolchilar har kuni test topshirishmoqda. Yaqin kunlarda klub rahbariyati koronavirusga chalinganlar ism-familiyasini oshkor qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild