"Ayntraxt" PSJ futbolchisini sotib olmoqchi

Alisher
13 iyun 2019, 10:54
Germaniyaning "Ayntraxt" klubi PSJ darvozaboni Kevin Trappni sotib olmoqchi.

28 yoshli nemis futbolchisi o'tgan mavsumni ijara asosida aynan Frankfurt klubida o'tkazdi.

- Trapp jamoa uchun juda muhim o'yinchi sanaladi, - deydi "Ayntraxt" klubi kuzatuv kengashi raisi.

Trapp yakunlangan mavsumda "Ayntraxt" safida 45ta o'yin o'tkazib, 61ta to'p o'tkazib yubordi.

Qayd etish kerakki, Kevin Trapp "Pari Sen-Jermen"ga o'tishidan oldin ham aynan "Aynraxt" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker