“Ayaks” Suaresning transferiga 15 mln evro sarflamoqchi

Eldor Akmurzayev
20 avg 2020, 20:40
Goal manbasiga ko'ra, amstyerdamliklar sobiq hujumchisini qaytarish uchun “Barselona” bilan muzokara olib bormoqda.

Xabarda keltirilishicha, “Ayaks” Suaresni 15 mln evroga sotib olmoqchi. 33 yoshli hujumchi kataloniyaliklarning yangi ustozi Ronald Kumanning rejalariga kirmasligi aytilmoqda.

Avvalroq, urugvaylik futbolchiga “Yuventus” qiziqayotgani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal