"Ayaks" - PSV. Jamoalarning o'rtacha yoshi nechida?

Narzulla Saydullayev
4 okt 2015
Bugun Gollandiya chempionatining markaziy o'yinlaridan biri bo'lib o'tmoqda.

Unda Amstyerdamning "Ayaks" klubi o'z maydonida Eyndxovenning PSV klubini qabul qildi. Yaqindagina futbol o'ynab yurgan Frank De Bur va Filipp Koku boshchiligidagi jamoalar o'zaro hisob-kitob qilishmoqda. Doimo yosh futbolchilarga e'tibor qaratib keladigan "Ayaks"ning asosiy tarkibida 23 yoshdan katta faqat darvozabon bor. Jamoa safida 19 va 18 yoshli futbolchilar ham o'ynashmoqda. O'rtacha yosh 21,3ga teng. Bosh murabbiy Frank De Burning o'zi 45 yoshda.

PSVda bu ko'rsatkich biroz kattaroq. 6 nafar futbolchi 23 yosh va undan kichik. Jamoaning o'rtacha yoshi 23,3ga teng. PSV ustozi Filipp Koku oktyabr oyi so'nggida 45 yoshga to'ladi. 

"Ayaks" - PSV


"Ayaks":
Yasper Sillesen - 26 yosh

Kenni Tete - 19 yosh
Yoel Veltman - 23 yosh
Xayro Ridvald - 19 yosh
Mitchell Deyks - 22 yosh

Rishedli Bazur - 18 yosh
Deyvi Klaasen - 22 yosh
Nemanya Gudel - 23 yosh

Anvar El Gazi - 20 yosh
Viktor Fisher - 21 yosh
Amin Yunus - 22 yosh

O'rtacha yosh: 21,3

Bosh murabbiy: Frank De Bur 45 yosh


PSV
Yerun Zut - 24 yosh

Santyago Arias - 23 yosh
Jeffri Bruma - 23 yosh
Ektor Moreno - 27 yosh
Joshua Brenet - 21 yosh

Devi Prepper - 24 yosh
Yorrit Xendriks - 20 yosh
Andres Guardado - 29 yosh

Gaston Pereyro - 20 yosh
Yurgen Lokadia - 21 yosh
Lusiano Narsingx - 25 yosh

O'rtacha yoshi: 23,3

Bosh murabbiy: Filip Koku 44 yosh



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia