"Ayaks" - Gollandiyaning 34 karra chempioni

Mirjalol Normatov
16 may 2019, 00:55
Gollandiya chempionatining 33-turida "Ayaks" safarda "De Grafsxap"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Shu orqali Amstyerdam jamoasi chempionat tugashiga 1 tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi. 34 karra chempionlik mamlakatdagi rekord hisoblanadi.

"Ayaks" 2014 yildan buyon ilk marta chempionlikka erishdi. Shuningdek, ushbu mavsumda Gollandiya kubogi ham qo'lga kiritildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia