"Ayaks" "Arsenal" sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqda - Here We Go!

Sherzod Nurmatov
15 dek 2025, 18:46
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Ayaks" himoyachi Takexiro Tomiyasu bilan shartnoma imzolash borasida kelishuvga erishdi.

27 yoshli yaponiyalik futbolchi bilan tuziladigan bitim 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U "Arsenal"ni tark etganidan so'ng erkin agent maqomida edi. Seshanba kuni futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish va bitimga imzo chekish uchun Amstyerdamga yetib boradi.

Tomiyasu 2024/25 yilgi mavsum APLda 1 o'yin o'tkazgan. Undan oldingi mavsumda esa londonliklar safida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano