Avstraliyalik yarim himoyachi "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2016, 12:05
Avstraliya terma jamaosi va "Sentral Kost Mariners" yarim himoyachisi Entoni Kaseres "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, asli kelib chiqishi urugvaylik bo'lgan 23 yoshli futbolchiga "shaharliklar" qiziqish bildirmoqda va transfer borasida muzokaralar boshlab yuborilgan, ammo bir muammo bor: futbolchida Yevropa pasporti yo'q. Bundan tashqari, futbolchiga Yaponiya chempionati klubi ham qiziqish bildiryapti.

Kaseres "Mariners" safida 48 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian