Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvini yaponiyalik hakamlar boshqarib borishadi

Omonjon To`xtamirzayev
21 yanv 2024, 13:11
Qatar yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo Kubogining 3-turidan o'rin olgan muhim Avstraliya - O'zbekiston o'yinini yaponiyalik Araki Yusuke bosh hakam sifatida boshqaradi.

Unga hamyurtlari Mihara Jun hamda Takagi Takumi yordam bersa, zaxira hakami sifatida xitoylik Ma Ning ishlaydi. 

Ma'lumot uchun, Araki Yusuke joriy mavsum jami 8 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to'g'ri keladi. E'tiborli tomoni, ushbu hakam OCHL guruh bosqichining 4-turida "Nassaji Mozandaran" (Eron) - "Navbahor" uchrashuvida hakamlik qilgan. Ushbu bahslar davomida u cho'ntagidan jami 20 marta sariq kartochka chiqargan.

Osiyo Kubogi-2023 | 3-tur
23.01.2024 | 16:30 (O'zbekiston vaqti)
AVSTRALIYA – O'ZBEKISTON
"Abdullah bin Xalifa” stadioni, Doha
Bosh hakam:
Araki Yusuke (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Mihara Jun, Takagi Takumi (ikkalasi Yaponiya)
Zaxira hakami: Ma Ning (Xitoy)
VAR: Iida Jumpei (Yaponiya)
AVAR: Fu Ming (Xitoy)

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UzFHM