

"Har bir qur'a qiyin o'tadi, ammo hozirgisidan juda mamnunman. Albatta, Qatar yashil maydonlari yaxshi tanish, bu ham bizga yordam beradi. Jahon chempionati saralashida Suriyaga qarshi o'ynaganmiz. Shuningdek, ilgari O'zbekiston bilan to'qnash kelganmiz. Bizga sir emaski, ular futbol o'ynashni yaxshi ko'rishadi. Shu bois, bo'lajak uchrashuvlarni sabrsizlik bilan kutamiz", dedi avstraliyaliklar ustozi.
Eslatib o'tamiz, Avstraliya "B" guruhida O'zbekiston, Suriya va Hindistonga qarshi kurash olib boradi.



