Augustoning fikricha, "Atletiko" o'z uslubini o'zgartirmasligi lozim

Aslanov Jasurbek
30 mar 2016
"Atletiko" yarim himoyachisi Augusto Fernandesning fikricha, jamoa o'z o'yin uslubidan voz kechmasligi lozim.

"Jamoa o'z uslubini o'zgartirishi ham mumkin edi. Ammo Simeone bu g'oyalar yordamida "Atletiko" bilan eng yuqori natijalarga erishdi. Bugungi kunda "Atletiko" jahonning eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi" - deydi Augusto.

Simeone 2011 yilda "Atletiko" ustoziga aylandi. Jamoa uning qo'l ostida Ispaniya chempionati (2013/14), mamlakat Kubogi (2012/13), Ispaniya Superkubogi (2014), Yevropa ligasi (2011/12) va UEFA Superkubogi g'olibiga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca