"Augsburg" bombani xavfsizlantirishga yordam bergan ko'ngillilarga 4 mingdan ortiq chipta ulashadi

Aslanov Jasurbek
27 dek 2016, 17:43
"Augsburg" rahbariyati bombani xavfsizlantirishga yordam bergan ko'ngillilarga 4 mingdan ortiq chipta ulashadi.

Rojdestvo paytida shaharda Ikkinchi jahon urushidan qolib ketgan bomba aniqlandi. 54 mingga yaqin aholi operaciya paytida evakuaciya qilindi, minglab odamlar esa ko'ngilli va yordamchi bo'lib ishlashdi.

"Barcha tashkilot vakillari ajoyib ishlashdi. Birlik hayron qoldirdi. Minnatdorchilik maqsadida 4 mingdan ortiq ko'ngillini Bundesliga uchrashuviga tekinga taklif qilmoqchimiz" - deyiladi klub bayonotida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com