"Atletiko" Vertongenga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2020, 17:21
Belgiyalik himoyachi La Liga klubiga o'tishi mumkin.

"Atletiko" mudofaa chizig'ini kuchaytirish uchun Yan Vertongenni nishonga oldi.

Belgiyalik himoyachi mavsum tugagandan so'ng, "Tottenxem"ni tark etdi va erkin agent hisoblanadi.

Vertongen o'tgan mavsumda 30 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Eslatib o'tamiz, markaziy himoyachiga Italiyaning to'rtta klubi qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ilmessaggero.it