

“Atletiko” va “Yuventus” rahbariyati rimlik muxlislar tomonidan tanqidlarga uchrayotgan Alessandro Florencini sotib olmoqchi. Alessandroning o'zi esa klubda qolmoqchi, faqat bir shart bilan. Agar klub futbolchining maoshini ko'tarib, shartnomasini yaxshilagan taqdirda futbolchi klubda qolishini ma'lum qilgan.
Uning amaldagi shartnomasi bo'yicha yillik maoshi 1,7 million evroni tashkil qiladi. Florenci esa 3,5 million evro olishni xohlamoqda. “Yuventus” va “Atletiko” esa shu mablag'ni o'yinchiga berishga tayyor.



