

Joriy yilning yoz boshlarida Rim klubi turkiyalik futbolchini jamoaning himoya chizig'ini mustahkamlash uchun nishonga olgan edi. Shundan buyon futbolchi Italiya klubining asosiy nishonlaridan biri bo'lib kelayotgan edi. Ammo bu kurashda "Atletiko" yetakchilik qilayotgani ma'lum qilindi.
"Matraschilar" turkiyalik himoya chizig'i vakilini qo'lga kiritishga yaqin. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Soyunju yanvar oyidayoq yangi jamoasiga borib qo'shilishi kutilmoqda. Soyunjuning "tulkilar" bilan bitimi mavsum so'ngida yakun topadi. Unga qiziqayotganlar orasida "Aston Villa"ni ham ko'rish mumkin.
Futbolchi ushbu mavsum APL vakili safida 2 ta o'yinda maydonga tushdi. 26 yoshli himoyachining ayni paytdagi bahosi 22 mln evroni tashkil etadi.



