"Atletiko" va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Alisher
28 iyul 2024, 00:53
Serxio Asenxo faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

2022 yildan beri "Valyadolid" sharafini himoya qilgan posbon 35 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Ispan "Atletiko"da va "Vilyarreal" bilan Yevropa ligasini yutgani bilan tanilgan. U shuningdek UEFA Superkubogi va Ispaniya kubogida zafar quchgan.

Asenxo Ispaniya terma jamoasiga ham chaqirilgan va 2016 yil uning tarkibida bitta o'yin o'tkazgan.

Darvozabon so'nggi bor 2023 yilning bahorida maydonga chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SergioAsenjo1