"Atletiko" "Udineze" o'yinchisiga qiziqmoqda

Alisher
11 apr 2022, 11:20
"Udineze" himoyachisi Nauel Molina faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 24 yoshli argentinalik uchun "Atletiko" klubi da'vogarlik qilmoqda.

Udine klubi o'yinchi bilan 25-30 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.

Molina joriy mavsum "Udineze" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira