"Atletiko" Torres va Kanini Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritdi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2015, 16:35
Madridning "Atletiko" klubi Fernando Torres va yarim himoyachi Kanini Chempionlar ligasi pley-off qaydnomasiga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Torres "matraschilar" safiga "Milan"dan kelib qo'shilgan, Kani esa "Vilyarreal"dan.

Qaydnomadan "Parma"ga ijaraga berilgan Kristian Rodriges chiqarib yuborildi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida Leverkuzenning "Bayer" klubi bilan mehmonda o'naydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com