"Atletiko" tarbiyalanuvchisi - "Chelsi" transfer nishoni

Sherzod Nurmatov
6 mar 2026
Londonning "Chelsi" klubi Ispaniyadan futbolchi taklif etish ustida ishlamoqda.

Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotlariga qaraganda, APL klubi Madridning "Atletiko" jamoasi yarim himoyachisi Pablo Barriosni diqqat bilan kuzatib bormoqda va futbolchini yaqin kelayotgan yozgi transfer oynasidayoq safiga qo'shib olishga urinib ko'rishi mumkin.

Xabar qilinishicha, 22 yoshli xavbek "aristokratlar"ning ehtimoliy maqsadlari ro'yxatiga kiritilgan. Barrios "Atletiko" tarbiyalanuvchisi bo'lib, jamoaning asosiy tarkibida asta-sekin o'z o'rnini mustahkamlab olgan.

Shu bilan birga, futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Shu sababli ehtimoliy transfer jiddiy muzokaralarni talab qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur