

Argentinalik mutaxassisning o'zi kelishuvni bir yilga uzaytirmoqchi. U kelasi mavsum poytaxt jamoasida ishlashidan mamnun. "Atletiko" rahbariyati Simeone qo'l ostida "Real" va "Barselona"ga munosib qarshilik ko'rsata oladigan futbolchilar bo'lishi uchun bor kuchini ishga solmoqchi. Bundan tashqari, "Atletiko"dagilar yaqin vaqt ichida avlodlar almashinuvini o'tkazmoqchi va ularning fikricha, bu vazifa uchun Simeone juda munosib nomzod.
Murabbiy va klub o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.



