"Atletiko" "Real" futbolchisi bilan shartnoma bo'yicha kelishib oldi

Alisher
18 iyun 2019, 12:54
"Real" yarim himoyachisi Markos Lorente "Atletiko" bilan shartnoma masalasida shaxsan o'zi kelishib bo'ldi.

Klublar ham transfer bo'yicha shartnoma imzolashga yaqinlar.

"Atletiko" Lorentega yozda klubdan ketishi kutilayotgan Rodri o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda.

24 yoshli Lorente "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Real" uni 2016-2017 yillarda "Alaves" klubiga ijaraga bergan.

Markosning otasi, Fransisko Lorente ham futbolchi bo'lgan. U ham aynan "Real" sharafini himoya qilgan. Hatto uning amakisi, Xulio Lorente ham futbolchi bo'lgan va faoliyatini "Real"da boshlagan, ammo u "Tenerife"dagi o'yinlari bilan tanilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca