"Atletiko" prezidenti "Man Siti" bilan CHL 1/4 finali haqida: "Final haqida orzu qilishimiz mumkin. Hech kim bilan oson bo'lmaydi"

Alisher
18 mar 2022, 17:14
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Chempionlar Ligasi 1/4 final qur'a natijasi haqida gapirdi.

Madrid klubining bu bosqichdagi raqibi "Manchester Siti" bo'ladi.

"Oldindan bizda yaxshi tuyg'u bor. Endigina Manchester ("Atletiko" ikki o'yin natijasiga ko'ra 1/4 finalda "Manchester Yunayted"dan o'tdi)dan qaytgan edik, yana qaytamiz. Yana bitta ajoyib o'yin o'tkazmoqchimiz.

"Manchester Siti"da ham bizdagidek ajoyib murabbiy bor. Boshqa ispan jamoalari ("Real" va "Vilyarreal") bilan to'qnash kelmaganimiz yaxshi bo'ldi.

Final - bu fantastika, ammo biz u haqda orzu qila olamiz. Hech kim bilan oson bo'lmaydi, ammo bizni bilgani kabi, biz ham raqibimizni bilamiz", - deydi Enrike Sereso.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: alfredopedulla.com