Atletiko posboni Ispaniya chempionati rekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
15 may 2016, 17:02
Ispaniya chempionati 38-turida Atletiko Seltani mag'lub etdi (2:0).

Madridliklar posboni Yan Oblak mavsumning barcha 38ta o'yinida maydonga tushib o'z darvozasidan 18ta gol o'tkazib yubordi.

Shunday qilib, Oblak Ispaniya chempionati rekordini takrorladi. 1993/94 yilgi mavsumda Deportivo darvozaboni Pako Liano xuddi shuncha to'p olib chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com