"Atletiko" Portugaliya chempionatining eng yaxshi assistentini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
28 apr 2021, 12:12
"Atletiko" "Benfika" himoyachisi Alexandro Grimaldoga qiziqmoqda.

25 yoshli ispaniyalik - "roxiblankos"ning chap qanot mudofaa chizig'ini kuchaytirish uchun bosh maqsadi.

Madrid klubi yanvardayoq himoyachining transferi bo'yicha aloqaga chiqqan edi. Muzokaralar bahorga kelib tiklandi.

Grimaldoning tovon puli - 60 million evro. Tovon puli sifatida to'lanadigan narx muzokaralar yakunida kamroq bo'lish ehtimoli mavjud.

Hozirda "Famalikan"da "Vulverxempton"dan ijara asosida o'ynayotgan Ruben Vinagre ispaniyalikning o'rnini "Atletiko"ga ketgan taqdirda Lissabon klubida egallashi mumkin.

Grimaldo joriy mavsum Portugaliya chempionatida "gol+pas" tizimida 10 (2+8) ochko to'pladi. U ligada assist berish bo'yicha yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Valensiyada tug'ilgan futbolchi dastlab "Valensiya" klubi akademiyasiga borgan. 2008-2012 yillarda esa "La Masiya"da shug'ullangan va "Barsa" tarbiyalanuvchisidir. Grimaldo 2011-2015 yillar davomida "Barselona"ning "B" jamoasida 92ta o'yinda maydonga tushgan va shundan so'ng "Benfika"ga o'tgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As